Rossiyaning Ukrainadagi hujum operasiyalari sur’ati kamaydi — ISW

Rossiyaning Ukrainadagi hujum operasiyalari sur’ati kamaydi — ISW

Rossiyaning Ukrainadagi hujum operasiyalari sur’ati kamaydi, Ukraina Qurolli Kuchlari tashabbusni qaytarib olish imkoniyatiga ega. Bu haqda ISW tadqiqotchilari ma’lum qildi.

Urushni o‘rganish instituti tahlilchilari, Tavrid mudofaa kuchlari birlashgan matbuot markazi matbuot kotibi Aleksey Dmitrashkovskiyning bayonotiga tayanib, so‘nggi haftada Rossiya kuchlarining quruqlikdagi hujumlari soni kamayganiga e’tibor qaratishmoqda. Dmitrashovskiyning fikricha, yo‘qotishlar tufayli rus armiyasi ma’lum darajada hujum salohiyatini yo‘qotgan va quruqlikdagi hujumlar avvalgi 90-100 ta o‘rniga kuniga 20-30 tani tashkil etmoqda.

ISW hisobotida qayd etilishicha, rossiyaliklar o‘tgan haftada Lugansk viloyatida minimal taktik muvaffaqiyatga erishgan. Shu bilan birga, ukrainaliklar qarshi hujumlar uyushtirib, o‘z nazorati ostidagi mintaqadagi ma’lum hududlarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!