Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimidan Uzcard bank kartalariga pul o‘tkazish imkoni yaratildi

Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimidan Uzcard bank kartalariga pul o‘tkazish imkoni yaratildi

“Mir” - Rossiya Milliy to‘lov kartalar tizimi MDH davlatldariga kartadan kartaga pul o‘tkazish tizimini ishga tushirmoqda.

Rossiyada bunday xizmatni birinchilardan bo‘lib "Pochta Bank" va "Bank Russkiy Standart" taqdim etmoqda. Bu foydalanuvchi uchun odatiy pul o‘tkazish xizmatlaridan ko‘ra qulay va arzonroq bo‘ladi. Pul o‘tkazishning ushbu usuli bilan mijozlar komissiya to‘lovlari xarajatlarini 1% dan 3% gacha tejashlari mumkin.

Xususan, O‘zbekistonning Uzcard va Qirg‘izistonning ELKART bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni 29 iyundan boshlab o‘tkazish mumkin. Pul o‘tkazma komissiyasi 1% atrofida, valyuta almashtirish kursi esa Markaziy bank kursiga yaqin bo‘ladi.

Rossiya Markaziy banki xabariga ko‘ra, 2020 yilning 1 kvartalida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori 759 mln dollarni tashkil qilgan (MDHda 1-o‘rin), Qirg‘izstonga – 359 mln. O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 7%ga kamaygan, Qirg‘istonga esa – 22 %ga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!