Rossiyaga hujum ko‘lami AESga yaqinlashmoqda

Rossiyaga hujum ko‘lami AESga yaqinlashmoqda

Rossiyalik merning aytishicha, ukrainalik harbiylar Kursk atom elektr stansiyasiga yaqinlashmoqda. «Vaziyat keskin», deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Kurchatov shahri meri, ukraina kuchlari juma kuni mamlakatga hayratlanarli bostirib kirishganini va atom elektr stansiyasi tomon oldinga borayotganini aytdi, deb yozadi Washington Post.

Bu yangilik mojaro Rossiya tuprog‘iga kirib borishda davom etishidan qo‘rqib, tinch aholi Kursk viloyatidan evakuasiya qilinishda davom etayotgan bir paytda paydo bo‘ldi. Harbiy qo‘mondonlar ham jang davom etayotgan Kursk viloyatiga butun mamlakatdan qo‘shimcha kuchlarni yuborishga kirishgan.

Dushanba kuni Ukraina kuchlari Ukrainaning Rossiya bilan shimoli-sharqiy chegarasida joylashgan Kursk viloyatida hujum operasiyasini boshlab, Rossiyaning 20 dan ortiq qishloqlari va Sudja shahrining bir qismini egallab oldi, deb yozadi Washington Post. Ozarbayjonning Vesti.az nashri juma kuni kechqurun Kurchatov meri Igor Korpunkov Telegram’dagi bayonotida «janglar atom stansiyasidan bir necha o‘nlab kilometr uzoqlikda» ekanini aytganini ma’lum qilgan.

«Vaziyat keskin, favqulodda holat joriy qilingan. Biroq, barcha xizmatlar va korxonalar, jumladan, shahar hokimligi ham normal ishlamoqda. Men shaxsan shahardaman, ish joyimdaman, vaziyatni kuzatib boryapman», — deya qo‘shimcha qildi Korpunkov.

Urushni o‘rganish institutining payshanba kuni xabar berishicha, Ukraina qo‘shinlari Rossiya hududiga 35 kilometr masofada kirib borgan. Guardian xabariga ko‘ra, Rossiya hukumati juma kuni kechqurun Kurskda federal favqulodda holat e’lon qildi, chunki Ukraina kuchlari E38 trassasida butun Rossiya harbiy kollonasini yo‘q qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!