Rossiyaga borayotgan yoki Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi!

Rossiyaga borayotgan yoki Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi!

Rossiya Federasiyasining Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘radi.

Xususan, shaxsni tasdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylariga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilindi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!