Rossiyaga avtomobilda kirish tartibi o‘zgarishi mumkin

Rossiyaga avtomobilda kirish tartibi o‘zgarishi mumkin

Deputat Yevgeniy Moskvichev tayyorlagan qonun loyihasida:

— avtomobil bilan chegarani kesib o‘tish uchun sana va vaqtni oldindan bron qilish;

— nazorat-o‘tkazish punktlarini transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalari bilan jihozlash taklif qilingan.

Hujjatga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishning yangi tartibi RF fuqarolariga, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladi.

Federal qonun qabul qilingach, 2023 yil 1 martdan kuchga kirishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!