Rossiyadagi neft bazasidagi yong‘in bir kundan keyin o‘chirildi

Rossiyadagi neft bazasidagi yong‘in bir kundan keyin o‘chirildi

Rossiya Federasiyasining Krasnodar o‘lkasidagi Leningradskaya qishlog‘ida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari mahalliy neft bazasidagi yong‘inni o‘chirdi.

Gap «Rosneft-Kubannefteprodukt» kompaniyasiga tegishli Uman neft bazasi haqida ketmoqda, deb yozadi «Kommersant».

Viloyat tezkor shtabi 5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar bergan.

5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi dron hujumi chog‘ida Krasnodar o‘lkasining Pavlovskiy tumanida joylashgan neft bazasida ham yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchisiz samolyot parchalari qulashi natijasida yuzaga kelgan. Yong‘in 6 iyul kuni kechqurun o‘chirilgan. Pavlovsk neft bazasi ««Lukoyl-Yugnefteprodukt» MCHJga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!