Rossiyada o‘zbekistonlik yigit o‘z amakisini o‘ldirdi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit o‘z amakisini o‘ldirdi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ikki qarindosh – amaki va jiyan o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal oqibatida bir kishi o‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi fuqaro SH.I.ning o‘limiga olib kelgan janjal haqida bir qator ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotni tasdiqladi. Marhumnig jiyani F.K. qotillikda gumon qilinmoqda, u hibsga olingan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bosh konsullik ushbu vaziyatni nazoratga olib, tergov organlariga hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘rab murojaat qildi.

Bu sentyabr oyining o‘zida Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar o‘limiga oid bo‘lgan beshinchi holat bo‘ldi. 

Jumladan, 14 sentyabr kuni Sankt-Peterburgdagi Burger King filiallaridan birida 26 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topilgan edi.

Bir necha kundan so‘ng, ikki nafar “skinhed” ham O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilib, uni pichoqlagan edi. Ushbu holat qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

19 sentyabr kuni Sankt-Peterburg yaqinidagi Finlandiya ko‘rfazi sohilida 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan edi.  

22 sentyabr kuni esa Sankt-Peterburgda o‘q jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!