Rossiyada kichkina “Kalashnikov” avtomatlari ishlab chiqariladi

Rossiyada kichkina “Kalashnikov” avtomatlari ishlab chiqariladi

“Kalashnikov” konsernida “Malish” loyihasi doirasida o‘zini himoya qilish uchun kichkina avtomatlar ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda RIA Novosti’ga “Kalashnikov” konserni bosh konstruktori Sergey Urjumsev ma’lum qildi.

“O‘zini himoya qilish masalasi bo‘yicha – “Malish” loyihasi bor. Bu kichik o‘lchamli avtomatlar. Ular hozir ikki 5,45 va 9 mm kalibrda ishlab chiqilmoqda. Uning og‘irligi umumiy qo‘shin avtomatidan taxminan bir kiloga yengilroq bo‘ladi”, -  Urjumsev.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Rossiyada maxsus bo‘linmalar uchun yangi ixcham to‘pponcha ishlab chiqarishi haqida xabar bergandik. Yil yakuniga qadar to‘pponcha davlat sinovlaridan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!