Rossiyada erkak yomon baho olgan o‘g‘lining tirnog‘ini sug‘irib oldi

Rossiyada erkak yomon baho olgan o‘g‘lining tirnog‘ini sug‘irib oldi

Rossiyaning Rostov viloyatida yashovchi erkak yomon baho olgan o‘g‘lining tirnog‘ini sug‘irib, kaftini kuydirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak o‘g‘lini yetti yil davomida qiynab kelgan. Jumladan, uni och qoldirgan, boshini devorga urgan, tashqarida tunashga majbur qilgan hamda tamaki qoldig‘ini yedirgan yoki bir quti sigaretni chekishga majburlagan. Bola ochlik sabab otasidan pul o‘g‘irlashga majbur bo‘lgan va oqibatda yanada qattiq qiynoqqa solingan.

Etti yillik azoblardan so‘ng bola uyidan qochib ketgan va polisiyaga murojaat qilgan. Voyaga yetmagan farzandiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan erkak 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Bola reabilitasiya qilingani hamda otasidan 500 ming rubl (74,3 million so‘m) tovon puli undirganidan so‘ng onasi bilan birga yashay boshlagani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!