Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchi poyezd qatnovi qachondan qayta tiklanishi ma’lum bo‘ldi

A A A
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchi poyezd qatnovi qachondan qayta tiklanishi ma’lum bo‘ldi

23 iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent”yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.

5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 18:14da Rossiyaning “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!