Rossiya rubli dollarga nisbatan qimmatlashdi

Rossiya rubli dollarga nisbatan qimmatlashdi

Rubl qimmatlagani haqida iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov shunday deydi: "bugun birja savdolarida 1 dollarning qiymati 87,70 rublgacha arzonlashdi. Bu rublning iyundan buyon o‘tgan davrdagi qayd etilgan eng afzal kursi. Oktyabrdagi yomon kunlarga nisbatan esa rubl 14%ga mustahkamlandi. Rubl orbitasidagi tenge, somoniy, som va so‘m kurslari ham ancha barqaror qolmoqda.

Qayd etish lozimki, bundan buyon toki yil yakunigacha rublning yana mustahkamlanishi davom etishining ehtimoli yuqori emas. Chunki, birinchidan, soliq haftasi yakunlanmoqda, ikkinchidan, yangi yil oldidan importga talab keskin oshadi va uchinchidan, yil oxirida byudjet muvozanati uchun rublning haddan ziyod mustahkamlanib ketishi urush harajatlari tinimsiz o‘sib borishi sharoitida manfaatli emas.

Iqtisodiy va moliyaviy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, rublning keyingi to‘lqindagi mustahkamlanishini, agar fors-major holatlar yuz bermasa, kelasi yilning fevral-mart oylarida, saylov deb nomlangan maxsus operasiya arafasida kutish kerak bo‘ladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!