Rossiya maxsus xizmatlari Belarusni urushga tortish uchun AESda provokasiyalar tayyorlamoqda

Rossiya maxsus xizmatlari Belarusni urushga tortish uchun AESda provokasiyalar tayyorlamoqda

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar Belarusdagi muhim infratuzilma ob’ektlarida provokasiyalar tayyorlamoqda.

Xususan, gap Ostroves atom elektr stansiyasi haqida borayotgan bo‘lishi mumkin, deya xabar qiladi "Suspilne" nashri Ukraina Bosh razvedka boshqarmasiga tayanib.

Ushbu hisobotga ko‘ra, teraktga javobgarlik Belarus harbiy kiyimida bo‘ladigan NATO mamlakatlari va Ukraina fuqarolariga yuklatilishi ko‘zlangan.

Hozirda Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va chegara qo‘shinlari bo‘linmalari allaqachon shay holatga keltirilgan, deya qo‘shimcha qiladi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!