Rossiya katta miqdorda pul va’da qilib, yuzlab shri-lankaliklarni urushga jalb etgan

Rossiya katta miqdorda pul va’da qilib, yuzlab shri-lankaliklarni urushga jalb etgan

Rossiya Ukrainadagi urushga boshqa mamlakatlar fuqarolarini yollashda davom etmoqda, deb yozadi Al Jazeera. Kubaliklar, serbiyaliklar, nepalliklar va hindistonliklar safiga endi shri-lankaliklar ham qo‘shildi. Ushbu mamlakatning kamida ikki nafar fuqarosi frontda halok bo‘lishga ham ulgurgan.

Frontda yaralangan 36 yoshli Senaka Bandara nashrga ma’lum qilishicha, ular bunchalik xavfli vaziyatga tushishlarini bilmagan. U og‘ir yaralangan hamyurtini o‘q yomg‘iri ostidan olib chiqishga uringan, ammo Ukraina dronlari ularning istehkomini yo‘q qilgan, natijada Senaka o‘zini qutqarishga majbur qolgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga Doneskda “yordamchi ishlar”ga jalb etilishlarini aytishgan. Ular ikki marta tayyorgarlik kursidan o‘tgan, shundan so‘ng old frontga yuborilgan. “Ammo biz u yerda hujumga uchrashimizni bilmagandik”, — dedi Senaka.

Rossiyada istiqomat qilayotgan shri-lankaliklar nashrga ma’lum qilishicha, ayni paytda Ukrainadagi Rossiya armiyasi tarkibida ularning yuzlab hamyurtlari xizmat o‘tamoqda. Ular oyiga 3000 dollargacha maosh va Rossiya fuqaroligini berish va’dalari bilan jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!