Rossiya bilan chegaradosh Yevropa Ittifoqi davlatlari rossiyaliklar uchun viza berish tartibini muhokama qiladi
Polsha, Finlyandiya va Boltiqbo‘yi davlatlari chegara xizmatlari tomonidan ruslarga nisbatan qo‘llaniladigan tartiblarni standartlashtirish niyatida. Bu haqda Polsha matbuot agentligiga bergan intervyusida Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning maqsadi butun Yevropa Ittifoqining ruslar uchun vizalar bo‘yicha yagona yondashuvidir.
Uning ta’kidlashicha, maksimal reja maksimal cheklovdir.
“Rossiya bilan chegaradosh davlatlar eng ko‘p harakat qilishi kerak, chunki aynan bizning hududimiz orqali rossiyaliklar Shengen chegarasini quruqlik orqali kesib o‘tadi, shuning uchun biz imkon qadar harakatlarimizni muvofiqlashtirish va birlashtirishga harakat qilamiz”, — deya Yablonskiyning so‘zlarini keltiradi TASS.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan chegaradosh besh davlati o‘rtasida bu masala bo‘yicha keyingi haftada muzokaralar o‘tkaziladi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel YEIning 27 davlati tashqi ishlar vazirlari Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni muzlatishga qaror qilganini ma’lum qilgandi.
