Rishtonda “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi” o‘tkaziladi

Rishtonda “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi” o‘tkaziladi

Turizm va madaniy meros vazirligining xabar berishicha, 2022 yilning sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi” bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir Prezidentning 2021 yil 23 avgustdagi “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 5229-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Forumning maqsadi jahon iqtisodiyotida muhim tarmoq hisoblangan hunarmandchilikni keng targ‘ib qilish, hunarmandchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kulolchilik an’analari va maktablarini saqlash, sohadagi ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtidorli hunarmandlarni rag‘batlantirishdan iboratdir.

“Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi” doirasida “An’anaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” ilmiy-amaliy konferensiyasi, kulolchilik mahsulotlari ko‘rik-tanlovi, xorijiy va mahalliy ustalarning mahorat darslari, xalq sayillari, konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar namoyishlari, ustaxonalarga ekskursiyalar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Forum yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.

Tadbir tashkilotchilari – Farg‘ona viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Kinematografiya agentligi va Badiiy akademiya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!