Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi
Joriy yilning 14 dekabridan "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Elektron kooperasiya portali markazi hamkorligida "Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" o‘z ishini boshladi. Ayni damda ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yarmarkada jami 1481 nafar mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar 2260 turdagi mahsulotlarning ko‘rgazmali namoyishi bilan ishtirok etmoqdalar.
Yarmarka yuksak saviyada tashkil etilib, tadbirning boy biznes dasturi, samaradorlikni ta’minlash, mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, sanoat kooperasiyasini tashkil etish va ichki bozorda yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirishni nazarda tutadi. Yarmarkada asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvaatlash, sanoatda kooperasiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperasiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini (shartnoma va memorandumlar) shakllantirishga yo‘naltiriladi.
