"Real Madrid" asosiy yarim himoyachisi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin

"Real Madrid" asosiy yarim himoyachisi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin

"Manchester Yunayted" klubi "Real" yarim himoyachisi Kazemiroga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

“Qizil iblislar” rahbariyati markaziy yarim himoyani kuchaytirishni o‘ylamoqda. Lekin, "Real" haligacha 30 yoshli braziliyalik futbolchi bo‘yicha taklif olgani yo‘q.

Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti braziliyalik futbolchini yuqori baholaydi, shu bois “Manchester Yunayted” uchun bunday transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Transfermarkt portali Kazemironi 40 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!