Rasul Kusherbayev yangi lavozimga tayinlandi

Rasul Kusherbayev yangi lavozimga tayinlandi

Oliy Majlisning sobiq deputati Rasul Kusherbayev faoliyatini Tabiat resurslari vazirligida davom ettiradi. Kun.uz manbalari xabariga ko‘ra, u bugun, 1 fevral kuni vazir maslahatchisi etib tayinlangan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan vazirlikni sobiq bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshqarmoqda.

36 yoshli Rasul Kusherbayev oxirgi yillarda O‘zbekiston parlamentidagi eng taniqli deputat edi. Xususan, ekologik mavzularda ham faollik ko‘rsatgan.

U 2014 va 2019 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2022 yil dekabrda byudjet muhokamalarida unga so‘z berilmaganidan norozi bo‘lib, iste’foga chiqqandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!