Ramazon — bu nafs tarbiyasi!

A A A
Ramazon — bu nafs tarbiyasi!

Mana, olamga o‘zgacha fayzu tarovat, sokinlik ulashib, qalblarga huzur, halimlik, xotirjamlik, ruhga quvvat, shijoat baxsh etuvchi musulmoniy muborak Ramazon oyi ham oxirlab bormoqda. Butun dunyo musulmon ahli ushbu oyni mushtoq kutadi, mahzun kuzatadi. Zotan, oylar ssarvari bo‘lmish Ramazon o‘zida Ollohning rahmati va barakoti, fazilat va go‘zalliklarni mujassamlashtirgan. Buyuk Yaratuvchi bandasi o‘zi va nafsini isloh qilishi, o‘zligini anglab, komillikka yuz tutishi uchun mohi Ramazonni tuhfa qildi, uning maqsad-muddaosi, amal-harakatini belgilab berdi. Ulamolar “ushbu oyda bizni duo harorati va zikr tafti egallaydi hamda jismimiz va ruhimiz taskin topadi”, deya e’tirof etadilar.

Darhaqiqat, Ramazon ro‘zasi sharofati bilan ruh, qalb va tan nafsoniy havaslardan tiyiladi, tartibga keladi. Insoniyat diniy amallarda sobit turib, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga, xayr-saxovat ulashishga, yaxshiliklar qilishga intiladi. Shuning uchun ham Ramazon bir so‘z bilan aytganda, “komillik, tarbiya oyi”dir.

Ramazon yilda bir keluvchi ulug‘ murabbiy va aziz ustoz ekanligini anglab yetganlar bu vaqtdan unumli foydalanib, o‘zlarini va yaqinlarini tarbiyalashga, komillikka intiladilar. Ba’zilar ibodatlarni faqat quruq harakatlar bilan ado qiladi, uning ruhiy tomonini, axloqiy ta’sirini his etmaydi. Ammo kimki ro‘za shaxsda tarbiyalaydigan go‘zal axloqlarni va ramazonda yetishtirish mumkin bo‘lgan mevalarni tafakkur qilsa va o‘z hayotini shu mazmunga moslashtirsa, shunga muvofiq yashasa, ma’naviy komolotga yuz tutadi.

Ro‘za uchun belgilangan tartib va tamoyillarga amal qilish orqali ro‘zador Olloh taolo uni har yerda kuzatib turishini qalban his qiladi va bu oyda rad etilgan amallardan, gap-so‘zlardan tiyiladi. Bu esa uning shaxsiyatini tarbiyalashga  munosib hissa qo‘shadi.  Manbalar tahlili asosida Ramazon tarbiyasini quyidagi mezonlarga ajratish mumkin:

Ruh tarbiyasi. Ruh insonning hayotiy asosi, quvvat manbai. Shuning uchun inson o‘z umri davomida ruhiy tarbiyaga muntazam ehtiyoj sezadi. Ruhan sog‘lom va barkamol shaxsgina o‘z ko‘zlagan manzillariga erisha oladi, komolot kasb etadi. Ramazon oyida toat-ibodatni, zikr va istig‘forni har qachongidan ham kuchaytirish ruh va qalbni poklab, yuksaltiradi.  Ramazon oyidagi barcha xayrli amallar, ro‘za va ibodatlar ruhiy komillikka xizmat qiladi.

Nafs tarbiyasi. Nafs dunyoviy ne’matlardan bahramandlikka intilish bo‘lib, uning salbiy jihatlari, oqibatlari serob. Shuning uchun nafs hamisha tarbiyaga muhtoj. Ramazon oyi nafsni tarbiyalashda nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, nafs tarbiyasi mo‘minning birlamchi vazifasi sanaladi. Hamma rahmat va ne’matlar nafsni jilovlash, unga hukmronlik qilish ortidangina yog‘iladi. Nafsga ergashish esa yomonliklarning poydevori hisoblanadi. Tarbiya ilmining barcha ulamolari jamiki yaxshiliklarning asosi nafsni tarbiya qilish, yomonliklarning asosi esa unga tobe bo‘lishda ekanligini ta’kidlab keladilar. Nafsiga ergashmay, uni tarbiyalagan kishi yutuqqa, muvaffaqiyatga yetishadi. Nafsga faqat gumroh, g‘ofil kimsalargina ergashadi va ruhiy-ma’naviy tubanlashib, halokatga yuz tutadi. Ulug‘ mutasavvuf Ahmad Yassaviy ham bejizga:

Nafsing seni oxir damda gado qilg‘ay,

Din uyini g‘orat qilib, ado qilg‘ay,

O‘lar vaqtda imoningdan judo qilg‘ay,

Oqil ersang nafsi baddin bo‘lgin bezor,- deya uqtirmaydi.

Inson tirik ekan, nafs uning doimiy hamrohi, ehtiyoji, talabi. Shu boisdan nafs tarbiyasi kundalik zaruratdir. Kishi o‘z nafsi bilan har kuni, har kecha shug‘ullanishi kerak. Ramazon oyi ham nafsni jilovlash, bo‘ysundirish uchun eng qulay fursat va imkoniyatdir. Ro‘za tutgan inson doimo Olloh taoloning kuzatuvida ekanligini his qiladi va o‘zi yolg‘iz qolganida ham ro‘zasini ochishga jur’at etmaydi.

Iroda tarbiyasi. Ramazon ro‘zasi shaxsni irodali qilib  tarbiyalaydi. Iroda quvvatidan nafsga bo‘ysunilmaydi, adolatsizlik qilinmaydi, Olloh roziligi yo‘lida rag‘batlardan chetlashiladi. Tong otgandan quyosh botguniga qadar yemoq-ichmoq va nafsoniy havaslardan tiyiladigan kishi, zaiflashmaydigan irodali, azmi-qarori qat’iy, qalbi pok va baquvvat insonga aylanadi. Chunki, u hech kimning oldida zaiflashmaydi, barqaror rivojlanadi. Agar inson ro‘za maktabi axloqlaridan bo‘lgan shu oliymaqom xulqni shakllantira olsa, ikki dunyoda ham aziz va mukarramlardan  bo‘ladi.

Sabr tarbiyasi. Sabr sohibini yuksaklarga ko‘taradigan, unga nusratni naqd qiladigan go‘zal xulqlardandir. Hadisi shariflarda kelishicha, Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Bilingki, nusrat sabr bilandir, kushoyish mashaqqat bilandir va albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir”, “Olloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, “Har bir sabr ortidan ajru mukofot bordir”,  deya ta’limot beradilar. Inson o‘z sabr-qanoati bilan dunyo mashaqqatlarini yengib o‘tishga qodir. Ramazon ro‘zasida yengiltaklik va besabrlik tarbiyalanadi; ochlikka sabr, g‘azab kelganda tiyilish orqali insonning sabri yanada mutahkamalandi,

Xushfe’llik, xushmuomalalik tarbiyasi. Xushfe’llik, shirin muomala har qanday muammo-aziyatga go‘zal yechim beradi, qalblarni tutashtiradi, yaxshilikka undaydi.  Shu bois Ramazon oyi insoniyatni yanada xushfe’l, xushmuomala, shirin so‘zli bo‘lishga chaqiradi. Sahih hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi: “Ro‘za qalqondir. Biringiz ro‘za tutsa janjallashmasin, baqir-chaqir, fisq-u fujur qilmasin. Agar uni birortasi haqoratlasa, men ro‘zadorman, desin”. Ha, insondagi qanchadan qancha xunuk so‘z, haqorat qilish, tili o‘tkirligiga ro‘za bir so‘z bilan qat’iy javob qaytaradi.

Mehr-saxovat tarbiyasi. Ramazon insonlarni o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga, keksalar va bemorlar, yaqinlar holidan xabar olishga, muhtojlarga xayr-saxovat qilishga chaqiradi. Shu orqali shaxsda mehribonlik, xokisorlik, bag‘rikenglik fazilatlarini tarbiyalaydi. Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “...Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir” (“Saba” surasi, 39-oyat). Binobarin, karamli inson hech qachon ziyon ko‘rmaydi, mol xayr-ehson qilish bilan kamaymaydi, balki, savob ko‘payadi, ramazon barakotidan islomiy shaxsiyat to‘kis bo‘ladi. Komil inson tarbiyachisi bo‘lmish Alisher Navoiy ham saxovatni ulug‘lab, himmat etagini tutgan kishining bu dunyoda imtiyozlari balandlashadi, ular boshqalarning iddaolaridan, azob uqubatlaridan xoli  bo‘lishadi, deydi:

Kishikim biyikrakdurur himmati,

Jahon ahlidin kamdurur mehnati.

Ramazon oyining inson kamolotini tarbiyalovchi shu kabi bir qancha ustuvor jihatlari, tarbiya mezonlari mavjud. Bu mo‘’jizaviy mo‘’tabar oyning har kuni, har tuni, har soati g‘animat, har bir saharlik, har bir iftorlik ilohiy ne’matga boy. Ushbu muqaddas oy Oliy Yaratuvchi va uning bandalari muloqoti, yaqinligi ortishi uchun betakror imkoniyat, duolar ijobat bo‘ladigan ilohiy rahmatdir. Shunday ekan, bu ulug‘ fursatni qo‘ldan chiqarmay, o‘zligimizni anglashga, ruhiy-ma’naviy kamolotga intilib, xayrli amallarda bardavom bo‘lishimiz zarur. Ramazoniy tarbiya ko‘nikmalarini umrimizning keyingi sahifalariga ham tatbiq etib borishimiz chin saodat kalitidir.

Feruza AZIMOVA,

RMMM mas’ul xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.