Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratadi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratadi

AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, yordam paketi HIMARS tizimi o‘q-dorilari, 155 va 105 mm kalibrli artilleriya o‘q-dorilari, minomyotlar, tankga qarshi tizimlar, aniq aviabombalar, o‘qotar qurollar, granatalar, tankga qarshi minalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Bu harbiy yordam paketi AQSh Kongressi Kiyevga 61 milliard dollar mablag‘ ajratganidan beri beshinchisi bo‘ladi. Umuman olganda, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar urush boshlanganidan beri Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!