Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Qaror bilan:

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom va uning namunaviy tarkibi;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar Qurilish va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda ularning tuman bo‘limlari, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda tuman bo‘limlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!