Qozog‘istonda jamoat joylari va ijtimoiy tarmoqlarda so‘kinganlar 160 dollar miqdorida jarimaga tortiladi

Qozog‘istonda jamoat joylari va ijtimoiy tarmoqlarda so‘kinganlar 160 dollar miqdorida jarimaga tortiladi

Qozog‘istonda 6 martdan boshlab jamoat joylarida va ijtimoiy tarmoqlarda so‘kinganlarga yangi jarima kuchga kirdi, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi.

Jamoat joylarda so‘kinish, shuningdek, haqorat qilish, binolar va inshootlarga yomon so‘zlarni yozish 69 ming tanga miqdorida jarimaga yoki 15 kunlik qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

«Joriy yildan boshlab yengil bezorilik uchun jazo choralari kuchaytiriladi. Bu jamoat tartibini buzish holatlarining oldini olish maqsadida qilinmoqda. Masalan, avtobusda kimdir bolalar yoki keksa avlod vakillari qarshisida so‘kinsa, unga 69 ming tenge (160 dollar) jarima ko‘zda tutiladi yoki 5 kundan to 15 kungacha qamalishi mumkin», – deydi Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ma’muriy polisiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Renat Zulxairov.

Har bir so‘kinish uchun polisiya xodimlari dalil to‘playdi. Bunga fuqarolarning arizasi, guvohlik berishi yoki qonun buzilishi to‘g‘risidagi video yoki audiofiksasiyasini taqdim etishi sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!