Qozog‘iston jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi
Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinni egalladi
Qozog‘iston ilk bor MDH davlatlari orasida jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa u Rossiyani ortda qoldirdi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM — bu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini aholi soniga nisbatan hisoblaydigan ko‘rsatkichdir. U ko‘pincha davlatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini solishtirishda qo‘llaniladi.
XVJ hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda Qozog‘istonda jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM 14,77 ming dollarni, Rossiyada esa 14,26 ming dollarni, Turkmanistonda esa 13,34 ming dollarni tashkil qiladi.
Bu borada postsovet mamlakatlari orasida yetakchilar esa Baltika davlatlari bo‘lib qolmoqda: Estoniya — 32,76 ming dollar, Latviya — 30,84 ming dollar, Litva — 24,37 ming dollar.
2024 yilda esa jon boshiga YAIM Rossiyada — 14,79 ming dollar, Qozog‘istonda — 14,15 ming dollar, Estoniya, Latviya va Litvada mos ravishda 31,17, 23,24 va 29,34 ming dollar bo‘lgan.
