Qozog‘iston 2028 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirdi

Qozog‘iston 2028 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirdi

Qozog‘iston 2028 yilda elit divizion bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Xalqaro xokkey federasiyasi saytida ikki shahar – Ostona va Olmaota qayd etilgan, deb xabar berdi Shaiba.kz.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston terma jamoasi 2021 yildan buyon har yili elit divizionda ishtirok etib keladi.

Chexiyada bo‘lib o‘tadigan turnirda milliy terma jamoa guruh bosqichida AQSH, Germaniya, Polsha, Shvesiya, Slovakiya, Latviya va Fransiya bilan o‘ynaydi.

2025 yilda jahon chempionati Shvesiya va Daniyada, 2026 yilda Shveysariyada, 2027 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!