Qotillik qilayotgan bolalar

A A A
Qotillik qilayotgan bolalar

Ularning diydasi qattiq va bemehr bo‘lib qolayotgani qanday mudhish oqibatlarga olib kelmoqda?

Qotillik? Bolalar a? Nahotki? Ha, aynan buni qotillik deyish mumkin. Axir, tirik jonzotni, yuragi urib turgan hayvonni qiynab o‘ldirish har qanday qotillikdan kam emas...
Yaqinda telegram kanallari orqali Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi o‘smirlar jinoiy guruh tuzib, shahar bo‘ylab it va mushuklarni qiynab o‘ldirishayotgani haqida xabar tarqaldi. Bu guruh hayvonlarning oyoq-qo‘lini sindirib, ko‘zlarini o‘yishgan, dumidan ushlab, devorga boshini urib o‘ldirishgan. Mazkur jinoiy guruhga ­29-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi boshchilik qilgan. Uning yordamchisi esa 1-sonli maktabda 5-sinfda o‘qiydi. Guruhning barcha a’zolari 9-12 yoshli bolalardir. Kattalar bir necha marotaba tanbeh bermoqchi ­bo‘lishganida, bolalar ularni haqoratlab ketishgan. Xuddi shu shikoyat «Mehr va oqibat» NNT vakillariga ham kelib tushgan.
Bolalikda hayvonlarni qiynash va o‘ldirish kun kelib qotillik kabi xavfli bir jinoyatga yo‘l ochishi hech gap emas. Boladagi yuqoridagi kabi oddiy sho‘xlik yoki shumtakalik e’tiborsiz qoldirilishi, keyinchalik albatta dahshatli fojialarni keltirib chiqaraveradi. Dahshatli fojiaki, kap-katta odamning yaqinda tirik kuchukni yoqib yuborib, bir tuki qilt etmay tomosha qilayotgani kabi...

Tiriklay ko‘milgan kuchukchalar

Bolaligimdagi bir voqea sira esim­dan chiqmaydi. Ikki qishloq narida yashaydigan uzoq qarindoshimiz men bilan ukamni uylariga mehmonga olib ketdi. Biz nihoyat ta’tilda mehmonga borayotganimizdan xursand edik. Ularning darvozasidan kirishimiz bilan hovlisidan oqib o‘tadigan ariq yonidagi chuqurchaga to‘kilgan qon ko‘lmagini ko‘rib seskanib ketdim.
«Kecha bolalar mol so‘yishgandi», – dedi xolamiz hayron bo‘lganimizni ko‘­­­rib. Ochig‘i bizning ham uyda jonliq so‘yilardi. Ammo hech qachon biz bolalar molning so‘yilishini ko‘rmasdik. Uyga yaqinlasharkanmiz, shundoqqina eshikka yaqin joyda qoramolning kallasini ko‘rib ukam menga, men ukamga qaradik. Shu-shu menda bir tushuniksiz og‘ir kay­fiyat paydo bo‘ldi. Bizni dasturxonga taklif qilishdi. Bir pasdan keyin hovliga o‘ynagani chiqsak xolaning o‘g‘li xotiniga baqirayotgan ekan. Keyin shu orada xotinining yelkasiga qattiq turtib yubordi. Kelinchak cho‘k tushib qoldi, bizning qarab turganimizni ko‘rib battar xijolat bo‘ldi. Nimadir deya tizzasini silab ishini davom ettirdi.
Kechqurun ovqat payti xolamiz o‘g‘liga norozi ohangda nimadir deganini tushunmay qoldim, ammo o‘g‘li chiroyli kelinga tishlarini g‘ijirlatib qarab qo‘ydi. Kelin ko‘zlarini olib qochdi. Biz ukam ikkalamiz bu muomaladan hayron edik. Biz otamizni har zamonda koyigani uchun badjahl deb o‘ylardik. Ammo dasturxon boshida hech qachon qovoq-tumshuq qilib hech kimning kayfiyatini buzmas edilar otam. Yotish oldidan kelinchakning uyiga kirdik. U beshikdagi bolasini ovqatlantirayotgan ekan. Bizni ko‘rib chehrasi yorishdi. Shu payt ozroq ochilgan o‘ng yelkasiga ko‘zim tushdi. Tirnalgan ekan.
– Yanga, yelkangizga nima qildi, – dedim.
U siniq jilmaydi:
– Tog‘angiz... hovlidagi toshlarni ko‘rdingizmi, o‘sha joydan uygacha sudrab olib kelgan, – dedi.
Endi anglashimcha, o‘shanda kelin dardini kimgadir aytgisi kelganu bizga ilk bora yorildi, shekilli. Kechasi hovlida yotdik. Ko‘zimga sira uyqu kelmadi. Ko‘z oldimda hovliga kirib kelganimizdagi chuqurchadagi qip-qizil qon, darg‘azab «tog‘a», yelkasi tirnalgan yanga... Ertalab bola qalbim bilan bu narsalarni unutib uyg‘ondim. Ukam bilan yugurib kuchukchalarning oldiga bordik. Ona it to‘rt nafar bolasini emizayotgan ekan.
Kuchukbolalarning ko‘zi ochilgan, biram yoqimtoy ediki. Ukam, bizga bersa olib ketsak bo‘larkan, dedi. «Oqto‘shing borku» dedim men. «Otam ikkita kuchukka ruxsat bermaydi». «Oqto‘shimni sog‘indim», deb qo‘ydi ukam. Ana shu kuchuk necha yillar ukamning haqiqiy himoyachisi bo‘ldi.
Shu payt «tog‘a» kelib qoldi. Ikkita kuchukchani oyog‘idan ko‘tarib uyoq-buyog‘iga qaradi va bittadan qo‘limizga berib qo‘ydi. Biz xursand bo‘lib kuchuk bolalarni quchoqlab oldik. Biram yoqimtoy ediki. Keyin bizga «ketdik» dedi. Uyning orti yalanglik, qir edi. Biroz yurib uydan uzoqlashganimizdan so‘ng «tog‘a» oldindan kovlangan chuqurcha oldiga keldiyu kuchukchalarni qo‘limizdan olib itqitib yubordi. Nima bo‘layotganini anglamasdik. Keyin oyog‘i bilan tez-tez chuqurchani to‘ldirib ustidan tepkilab tekisladi. Ukam bilan men rangimiz oqargancha turib qoldik. Keyin ukam shosha-pisha tuproqni kovlamoqchi bo‘ldi. Ammo «tog‘a» ruxsat bermadi. Agar yana shunday qilsang seni anavi ariqqa otib yuboraman, deb tirjaydi. Bu gapni hazillashib aytdi, ammo biz ishondik, qo‘rqa-pisa ortidan ergashdik. Keyin bilsam, kuchukning erkagini olib qoli­sharkan.
Kechqurun ancha paytgacha uyqum kelmadi. Xayolimda kuchukchalar tirigu, «qutqaringlar» deb g‘ingshiyotgandek edi. Ammo uxlab qolibman. Ertalab yomon kayfiyatda turdim. Faqat kuchukchalarning ko‘milayotganda jon alfozda tipirlashi emas, qon to‘la ariqcha, yelkasi shilingan yanga... hamma-hammasi xayolimdan birin-ketin o‘taverdi. Biz ukam ikkalamiz ketamiz, deb turib oldik. Ulovga solib kuzatib qo‘yishdi...
Hozir jinoyatchilar, yovuz odamlar haqida o‘ylasam o‘sha kuchukbolalarni tiriklay ko‘mgan, boshi g‘am-alam, tashvishdan chiqmay yashayotgan «tog‘a» va uning keyinchalik hayotda ro‘shnolik ko‘rmay o‘z joniga qasd qilgan xotini xayolimda jonlanadi...
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardan biriga ko‘zi ojiz kuchugini yo‘qotib qo‘ygan bir inson va u kuchugini izlab daydi kuchuklar saqlanadigan vaqtinchalik boshpanaga izlab borgani va nihoyat, uni Qibraydagi «Hayot – Jizn» degan itlar boshpanasidan topgani haqida post qo‘ydim. Juda ko‘p insonlar bu odamning yaxshiligiga tahsinlar aytishda va albatta javobsiz qolmasligini ta’kidlashdi. Ayniqsa, bir do‘stimizning yozib qoldirgan izohi juda ko‘pchilikni hayajonga soldi.

Mushuk bolalari va hayotga qaytgan ona

Bahodir MANSUROV: Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Kech soat 23:30 larda Toshkent­dan Qashqadaryoning Kitob tumaniga qay­tish uchun «Bek-baraka» bozoridan taksiga o‘tirdim. Endi yurmoqchi bo‘lganimizda 20-22 yoshlardagi yigit kelib onasi hayotdan o‘tib qolganini, shoshilinch borishi zarurligini aytib yig‘lab yubordi. Taksidagilarga iltimos qilib, «Birontangiz joyingizni menga bering, tezlikda yo‘lga chiqmasam bo‘lmaydi», dedi. Shunda talaba yigit joyini bo‘shatib, «men boshqa taksida bora qolaman», deb boyagi yigitga sabr tilagancha tushib qoldi. Yomg‘ir aralash qor tinimsiz yog‘ardi, kun sovuq. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan boyagi yigit orada «oh, onajon», deb yig‘lab olardi. Biz ham sabr tilab, qayg‘usiga sherik bo‘lib dalda berardik. Jizzaxga yetib kelganimizda yonilg‘i shoxobchasida to‘xtadik, mashinadan tushdik. Taksi chiqishini kutib turganimizda boyagi yigit to‘rtta mushuk bolasini qayerdandir ustidagi qalin kurtkasiga o‘rab kelib qoldi. «Izillagan sovuq, bechoralarni kimdir tashlab ketibdi», deb do‘konga yugurib ketdi. Men hayron edim, o‘zi nima ahvoldayu, mushukchalar ko‘ngliga siqqaniga... Do‘kondan baliq konservasini olib kelib to‘rtta mushuk bolalariga erinmasdan yedirdi. Bu orada mashina ham chiqib keldi. Yo‘lovchilar va haydovchi kutib turganiga qaramay mushuklarni mehribonlik bilan qornini to‘ydirdi. Meni hayron qoldirgani, ustidagi qalin kurtkaga mushuk bolalarini o‘rab yorug‘roq joyga qoldirib kelgani bo‘ldi. U xursand edi: «mushuklar endi o‘lmaydi, biron mehribon inson albatta egalik qiladi, hech bo‘lmasa kurtkamga yozib qoldirgan xatimni o‘qiydi va mushuk bolalarini olib ketadi» dedi... Biz tong otarda Kitob tumaniga yetib kelganimizda boyagi yigitga kimdir qo‘ng‘iroq qildi va tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga kelishini aytdi. Haydovchi mashinani o‘sha tomonga haydadi. Biz boyagi yigitga qo‘shilib kasalxonaga kirdik... Ishonasizmi, yigitning onasi tirik ekan, shifokorlarning aytishicha mo‘’jiza ro‘y beribdi, joni uzilib yana jonlanibdi. Yigit tinimsiz yig‘lab, «yo Allohim, o‘zingga shukr, onam tirik ekan...» derdi.

Hayvonlarning mitti xaloskori

Rossiyaning Vladikavkaz o‘lkasida olti yoshli bolakay uch yildan buyon yuzdan ziyod egasiz qolgan uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilib kelyapti. Bu borada bolakayning otasi harbiy Vadim Shapranov o‘g‘liga doimo yordamga shay. Ota-bola ko‘chada adashib qolgan, haydab yuborilgan egasiz mushuk yoki kuchukni uyga olib kelishgach, dastlab ovqatlantirishadi, keyin veterinar ko‘rigiga olib borishadi. Kasal bo‘lsa davolatadi. «Uy hayvonlariga qarash juda mushkul ish, qolaversa, ularning ovqati, dori-darmoni oila daromadidan, – deb yozadi Vadim Shapranov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Yaxshiyamki, hayvonlarga muruvvat ko‘rsatadigan odamlar ko‘p. Ular bu borada bizdan yordamlarini ayamaydi».
Uy hayvonlarini «Mehrli qo‘llar»ga berish maqsadida ota-bola ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochishgan. Bolakayning do‘stlari bilan tushgan suratlari mehribon odamlarni befarq qoldirmayapti. Uy hayvonlarini olib ketish uchun keyingi paytda qizi­quv­chilarning safi kengaymoqda. Hay­von­larga befarq bo‘lmagan odamlar kuchuk yoki mushukni uylariga olib ketishgach, ota-o‘g‘il tez-tez ulardan xabar olishni ham kanda qilmaydi.
Darvoqe, Vanya bilan uning otasi qilayotgan ishlarini ijtimoiy tarmoq orqali kuzatayotganlar soni tobora oshib bormoqda. Shundan ham bilsak bo‘ladiki, bolalarda hayvonlarga mehr qachonki o‘zimiz ularga o‘rnak bo‘lsakgina uyg‘onadi. Aslida bolalarning hayvonga mehrini bog‘cha yoshida, maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda jonli burchaklar tashkil qilish orqali ham uyg‘otish mumkin. Afsuski mamlakatimizda keyingi paytlar ana shunday jonli burchaklar tashkil qilishga e’tibor susaydi. Qolaversa, televideniyeda hayvonlarga mehr ko‘rsatish haqida ko‘proq ko‘rsatuvlar tayyorlansa ham maqsadga muvofiq bo‘lardi. Xorij kinoijodkorlari ishlagan, barchaning ko‘nglidan joy olgan, sadoqatli it haqi­dagi «Xatiko» kabi kinofilmlarni qachonlardir o‘zimizning kinoijodkorlar yaratishini esa hozircha faqat orzu qilish mumkin.

Barno SULTONOVA

Manba: od-press.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Putinga javob berdi: avval Ukraina, keyin Eron

АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.

44 ta elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishdan olindi

Бу ҳақда Энергетика вазирлиги хабар берди.

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.