Qosim-Jomart Tokayev: "Birinchi Prezidentimizning tarixiy xizmatlarini unutmaylik..."
Qozog‘istonda iqtidordagi “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XXI qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qosim-Jomart Tokayev bir ovozdan “Nur Otan” partiyasi raisi etib saylandi.
Toqayevning qurultoydagi chiqishidan iqtiboslar:
"90 yillarning boshlarida taniqli siyosatchilar va siyosatshunoslar Qozog‘istonning demografik o‘ziga xosligi va beqaror chegaralari tufayli mamlakatimizning tez parchalanishini bashorat qilganlarida Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev eng murakkab va tarixiy davrda davlat qurilishining murakkab missiyasini o‘z zimmasiga oldi.
Hozir aholi orasida turli noxush mish-mishlar tarqamoqda va davlat rahbari sifatida yana bir bor takrorlayman: Birinchi prezident davlatimiz suverenitetini mustahkamlash yo‘lida katta ishlarni amalga oshirdi.
Mustaqillik yillarida Qozog‘iston barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi pog‘onaga chiqqanligini unutmasligimiz kerak.
Birinchi Prezidentimizning tarixiy xizmatlarini unutmaylik. Oxir-oqibat, siz ob’ektiv va rostgo‘y bo‘lishingiz kerak. O‘tmishini qoralagan xalqning kelajagi yo‘q.
Birinchi Prezidentimizning tarixiy xizmatlariga hurmat bajo keltiraylik, uning shak-shubhasiz muvaffaqiyatli xizmatlarini alohida ta’kidlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni mamlakatimizning bo‘lajak rahbarlariga ogohlantirish sifatida qoldiramiz."
