"Qora bozor"da 100 dollar 1 000 000 so‘mdan yuqori narxlanmoqda

"Qora bozor"da 100 dollar 1 000 000 so‘mdan yuqori narxlanmoqda

Bugun, 20 avgust kunidan boshlab O‘zbekistondagi tijorat banklari AQSh dollarini 9450 so‘mdan sotishni, 9200-9350 so‘mdan sotib olishni boshladi.

Guvohi bo‘layotganingizdek, AQSh dollari so‘nggi urinishning o‘zida 200 so‘mga qimmatlab oldi.

Toshkentdagi ayrim «Qorabozor» valyuta ayriboshlash maskanlarida 1 AQSh dollari 10 ming 200 so‘mdan sotilayotgani 9 ming 800 so‘mdan olinayotgani aytilmoqda.

«7news.uz» nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, «Zarqaynar» va «Farhod» bozori nomi bilan xalq tilida yuritiladigan «Qorobozor» nuqtalarida AQSh dollarining narxi bundanda yuqori ekanligi ma’lum bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!