Qizil Kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun qanday jazo ko‘zda tutilgan?

Qizil Kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun qanday jazo ko‘zda tutilgan?

Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning belgilangan tartibini yoki shartlarini, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish:

➖ juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

➖ Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo‘lsa:

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

🔹3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!