“Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” qanday tekshiruvlarni qamrab oladi?

🗓 Avval xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yil 1 fevraldan 1 martgacha yurtimizda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkaziladi.
🩺 Bu davrda mamlakatimizdagi agrar soha xodimlari — fermerlar, dehqon, bog‘bonlar, klaster xodimlari va ularning oila a’zolari, avvalo, bepul profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda skriningdan o‘tkaziladi.
🏥 Tekshiruv natijalariga muvofiq, kasalliklar aniqlangan qatlam davlat ko‘magida salomatligini tiklash va mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📌 Tibbiy tekshiruvlar davomida:
🙎🏻♂️18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholi — oila shifokori profilaktik ko‘rigidan;
👨🏻🦳 40 va undan katta yoshdagi aholi — yuqumli bo‘lmagan kasalliklar skriningidan;
🧑🦰 35-55 yoshli ayollar — bachadon bo‘yni saratoni tekshiruvidan;
🧑🏻🦳 45-65 yoshli ayollar — ko‘krak bezi saratoni skriningidan;
👱🏻 15-49 yoshli xotin-qizlar — profilaktik ko‘rik, homiladorlikka monelik aniqlash ko‘rigidan;
🔬 sil kasalligi bo‘yicha xavf guruhiga mansub qatlam — flyuorografik tekshiruvdan;
🩺 surunkali kasalligi bor bemorlar — oilaviy shifokor va tegishli tor soha mutaxassislari tomonidan dispanser ko‘rigidan;
👶🏻 1-18 yoshli bolalar — chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan;
🙇🏻♀️ 2-10 yoshli bolalar — gelmintozga tekshiruvdan;
👧🏻 3-18 yoshli bolalar — onkogematologik kasalliklar skriningidan o‘tkaziladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, ushbu tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlari bepul amalga oshiriladi