“Qishloq qurilish invest” xodimi 365,8 mln. so‘mni o‘zlashtirib yubordi

“Qishloq qurilish invest” xodimi 365,8 mln. so‘mni o‘zlashtirib yubordi

“Qishloq qurilish invest” Andijon filiali xodimi namunaviy uy-joylar qurilishida ishlar bajarilgani haqida qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirgan.

Andijon viloyati prokuraturasi xodim 13 ta pudratchi korxona tomonidan amalda bajarilmagan ish uchun 365,8 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlagan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilar jazolangan.

Kecha prezident aynan shu haqda qattiq gapirgandi va “Qishloq qurilish invest” monopoliyasini tanqid qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!