Qish mavsumi uchun ko‘mir olish tartibi qanday?

Qish mavsumi uchun ko‘mir olish tartibi qanday?

"Qish mavsumiga ko‘mir olmoqchiman. Qayerga uchrashib, qanday tartibda ko‘mir olishim mumkin?"

Aholidan kelgan shu kabi savollarga "Ko‘mir ta’minot" MCHJ Qashqadaryo viloyati filiali direktori Roman Boboyorov javob berdi:

"Aholiga arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir tarqatish tartibi quyidagicha: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida dastlab joylarda mahalla raislari tomonidan aholining ko‘mirga ehtiyojmand qismi aniqlanib, uning reestri tuziladi. Ushbu restr mahalliy hokimlik orqali yuqori tashkilotlar − viloyat hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur tasdiqlangan ro‘yxat tashkilotimizga qarashli bo‘lgan omborlarga yuboriladi va davlat tomonidan ajratilgan ko‘mir yoqilg‘isi ana shu ro‘yxat bo‘yicha tarqatiladi. Ko‘mir harid qiluvchi fuqaro ko‘mir omboriga murojaat qilganida, yonida albatta, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport asli va kseronushasi) bo‘lishi kerak. Shuningdek, ko‘mirni olib ketish uchun tashqaridan yuk avtomashinasi yollaydi. Ko‘mir ombori ma’muriyati tomonidan haridorlarga avtotransport xizmati mavjud emas.

Ko‘mir oluvchilar ro‘yxatiga tushmay qolgan xonadon egalari (fuqarolar) ular o‘zlari yashab turgan hududdagi mahalla raisining huzuriga boradi. Bunda fuqaroning haqiqatda ko‘mirga ehtiyoji borligi aniqlansa, mahalla raisi oldin bergan ro‘yxat bo‘yicha shakllantirilgan ko‘mir yoqilg‘isi umumiy hajminini o‘zgartirmagan holda uni qo‘shadi yoki ko‘mir oluvchilar uchun yangi ro‘yxat shakllantirib biriktirilgan ko‘mir omboriga taqdim etadi" ,–deydi Roman Boboyorov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!