Qirg‘iziston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Turkiyaga bordi

Qirg‘iziston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Turkiyaga bordi

Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi, deb xabar bermoqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Hukumat rahbarini Anqara Esenbog‘a xalqaro aeroportida Turkiya vise-prezidenti Jevdet Yilmaz kutib oldi.

Ushbu tashrif doirasida Vazirlar Mahkamasi rahbari Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Qirg‘iziston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining 11-yig‘ilishida, shuningdek, Qirg‘iziston-Turkiya biznes-forumi ishida ishtirok etadi.

Oqilbek Japarov Turkiyaning rasmiy vakillari bilan ham uchrashib, qator korxonalar faoliyati bilan tanishadi.

Uchrashuv va tadbirlar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!