Qaynoq dush - ortiqcha vazn bilan kurashishning oson usuli

Qaynoq dush - ortiqcha vazn bilan kurashishning oson usuli

Olimlar olib borgan tajribalar xulosasiga ko‘ra, suv muolajasi tanada to‘plana boshlagan ortiqcha kaloriya bilan kurashishni tezlashtiradi.

Aynan qaynoq dush ozish jarayonini tezlashtiradi. Lafboro universiteti mutaxasislari olib borgan tajribalari natijasiga ko‘ra, aynan shunday xulosaga kelishdi.

Olimlarning qayd etishicha, bir martalik bunday dush qabul qilish 140 kaloriyadan xalos bo‘lishga olib keladi. Eslatib o‘tamiz, yugurish bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘radiganlar bu natijaga erishish uchun anchagina masofani bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.

Tajribada ishtirok etgan olimlardan biri Stiv Folknerning ta’kidlashicha, qaynoq dush qondagi qand miqdorini tartibga solishda ham qo‘l keladi, shuningdek, bu muolaja 2 tipdagi qandli diabetning oldini oladi.

kanalukraina.tv


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!