Qashqadaryolik ayolning soxta ma’lumotnoma tayyorlab, kredit olgani aniqlandi

Qashqadaryolik ayolning soxta ma’lumotnoma tayyorlab, kredit olgani aniqlandi

Postda tahririyatining qayd etishicha, Qarshi tumanida yashovchi uy bekasi S.A. kredit olish maqsadida “Asia Alliance bank”ning shahar filialiga murojaat qiladi. Bank ma’muriyati tomonidan unga 10 million so‘mgacha mikroqarz ajratilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ammo S.A.ning biror-bir joyda ishlamasligi pand beradi. Negaki, bankdan kredit olish uchun bir yillik ish haqi zarur.

S.A. to‘plagan hujjatlariga tumandagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan 1 yillik ish haqi hamda shu maktabda ishlashini bildiradigan rasmiy ma’lumotnomani qing‘ir yo‘llar bilan qo‘lga kiritib, bankka taqdim etadi.

Natijada bank bilan uning o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 10 million so‘m olishga erishadi.

Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi, deganlaridek, S.A. nomiga Qarshi tumanidagi 6-sonli maktabdan berilgan ma’lumotnomalar soxtalashtirilgani tekshiruv davomida oydinlashdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!