Qashqadaryoda salkam 53 000 dollar o‘g‘irlandi: jinoyatchi kim?

Qashqadaryoda salkam 53 000 dollar o‘g‘irlandi: jinoyatchi kim?

Joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 35 yoshli SH.E. IIBga murojaat qilib, shu yil fevral oyidan 27 iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyidagi 52800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni SH.E.ning uyida yollanib ishlagan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi 30 yoshli U.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!