Qashqadaryoda mast haydovchi YPX xodimini pichoqlab o‘ldirdi

Qashqadaryoda mast haydovchi YPX xodimini pichoqlab o‘ldirdi

8 iyul kuni soat taxminan 19:00lar atrofida Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani IIB tezkor xodimi shu tuman «Toqchi» qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida Lacetti avtomashinasi yuqori tezlikda harakat ishtirokchilariga xavf solgan holda harakatlanib ketayotganini aniqlab, tezkorlik bilan chora ko‘rish maqsadida tuman YHXBga xabar bergan.

Shu yo‘nalishda xizmat olib borayotgan tuman IIB YHXB inspektori tomonidan mazkur avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, haydovchi 58 yoshli fuqaro S.B. mast ekani ayon bo‘lishi bilan avtomashinasidan tushib qochishga uringan. Haydovchi uni ta’qib qilgan inspektor bilan olishib, yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism (oshxona pichog‘i) bilan inspektorni bir necha bor urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Katta serjant Primov Elbek tibbiyot bo‘limiga yetkazilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan qorin old qismiga va chap qo‘l tirsagiga yetkazilgan og‘ir jarohatlar natijasida ko‘p qon yo‘qotish oqibatida vafot etgan. Amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat sodir etgan fuqaro Ko‘kdala tumani hududida hibsga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2 qismi «g» bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!