Qashqadaryoda farzandli bo‘lgan 8-sinf o‘quvchisi voqeasi bo‘yicha IIB qo‘shimcha ma’lumotlar berdi

Qashqadaryoda farzandli bo‘lgan 8-sinf o‘quvchisi voqeasi bo‘yicha IIB qo‘shimcha ma’lumotlar berdi

Avvalroq,  Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Unda Qamashi tumani, Chim mahallasida joylashgan maktab o‘quvchisi C.C. 2019 yil 8-sinfda tahsil olayotgan paytda o‘zining tengdoshi N.Sh bilan jinsiy aloqa qilib, homilador bo‘lib qolgani, jinoyat sodir etgan shaxs oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham jazoga tortilmaganligi bayon qilingan.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020 yil 6 mart kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida, N.Sh ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganligi sababli, JPKning 84-moddasini 1-qismi 7-bandiga ko‘ra ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini harakatdan tugatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!