Qashqadaryoda 16 yashar bolaning o‘zini osgan jasadi topildi

Qashqadaryoda 16 yashar bolaning o‘zini osgan jasadi topildi

2018 yil 17 sentyabr kuni soat 22:00da Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani, “Alaykuylak” MFY, Alaykuylak qishlog‘ida yashagan voyaga yetmagan H.YA. yashash xonadonidagi oshxonasining boloriga elektr simidan sirtmoq yasab o‘z joniga qasd qilib, o‘zini-o‘zi osib, voqea joyida vafot etgan.

Bu haqda Bosh prokuraturadagi manba xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joyiga tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i va tuman IIB tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirishda marhum H.YA.ning ota-onasi 2006 yilda ajrashganligi, onasi X., opasi M. va momosi M.lar bilan birga yashashligi, onasi H. 2018 yil aprel oyida ishlash uchun Rossiya Federasiyaga ketganligi aniqlandi.

Ba’zi axborot manbalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, marhum o‘quvchi yashagan mahallada o‘zini osish voqeasi keyingi sakkiz yilda uch marta sodir bo‘lgan.

Hozirda o‘quvchining o‘zini osish sabablari o‘rganilmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!