Qashqadaryo viloyati hokimi dalani payhon qilgan qo‘ylarni samosud qildimi? (VIDEO)
Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qo‘ylar so‘yildi. Videoda chiqish qilgan mas’ulning aytishicha, mazkur o‘zboshimchalik viloyat hokimi tomonidan buyurilgan, deb yozadi manba.
Video muallifining ma’lumot berishicha, videoda chiqish qilgan mas’ul viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov.
Akrom Aripovning aytishicha, u Nishon tuman IIB boshlig‘i bilan birga tumanning Ibn Sino hududidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligida bo‘lib, dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasini topgan.
Video davomida Akrom Aripov qo‘ylar Zoyir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra so‘yilayotganini aytib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlayotgan ustalarga berilishini aytadi.
Dalani payhon qilgan qo‘ylar topilishi yaxshi, albatta. Ammo sud qarorsiz o‘zgalar mulkini so‘yib, tarqatish qaysi qonunda ko‘rsatilgan? Mulk dahlsizligi nima bo‘ladi?
Qashqadaryo hokimi bir vaqtning o‘zida sud ham bo‘loladimi?
