Qanday matolardan tikilgan kiyimlar koronavirusdan himoya qiladi? 

Qanday matolardan tikilgan kiyimlar koronavirusdan himoya qiladi? 

Mikrobiologlar va to‘qimachilik sohasi mutaxassislari qanday matolardan tikilgan kiyimlar koronavirusdan eng yaxshi himoya qilishini aniqlashdi.

“Izvestiya“ gazetasining yozishicha, Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining dekorativ hamda amaliy san’at va badiiy to‘qimachilik kafedrasi mudiri Irina Ribaulina virusni o‘zida saqlab qolish qobiliyati matoning zichligiga bog‘liq ekanligini ta’kidlar ekan, matoning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, himoya ham shunchalik mustahkam bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Shunday matolar sirasiga esa atlas, satin hamda tvid kabi gazlamalar kirar ekan. Ammo trikotajdan tayyorlangan kiyimlar, aksincha, sifat jihatidan farq qilmaydi, shuning uchun ularni pandemiya paytida kiyish tavsiya etilmaydi.

Virusning mato ustida qolishi ehtimoli, o‘z navbatida, uning tuzilishi va turlicha bo‘lishiga ta’sir qiladi. Junli matolar, barqut, sun’iy zamsh, villyur aynan shunday xususiyatlarga ega gazlama hisoblanadi. Qalin materiallardan tayyorlangan kiyim kiyilsa, boshqa odamlarga yuqtirish xavfi sezilarli darajada kamayishini aytgan mutaxassis uyga kelganidan keyin darhol kiyimlarni dezinfeksiyalashni maslahat berdi.

Bundan tashqari, tugmacha yoki to‘g‘nog‘ichlar kabi bezak elementlari bo‘lmagan kiyimlarni tanlash tavsiya etildi, chunki virus misda to‘rt soatgacha, kartonda 24 tagacha, zanglamaydigan po‘lat va plastmassada esa uch kungacha yashashi mumkin.

Viruslar va bakteriyalar sochlarga ham “yopishishi“ mumkin, shuning uchun pandemiya paytida Moskva fizika va texnologiya instituti va Fizika va iqtisodiyot institutining biofizika instituti dosenti Oleg Batishev ularni yig‘ish va ko‘proq yuvishni maslahat berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!