Qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi?

Qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi?
Bolalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish ham ota-onalik huquqidan mahrum qilishi mumkin.
 
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish faqat sud tartibida, aniq belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda, amalga oshiriladi. Bu haqida Adliya vazirligi yana bir bora eslatadi. 
 
Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin:
 
  • ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
  • uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
  • ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;
  • muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
  • o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!