Shimoliy Koreya 140 metr uzunlikdagi o‘zining eng katta harbiy kemasini yaratmoqda

Shimoliy Koreya o‘zining eng katta harbiy kemasini yaratmoqda, ehtimol u boshqariladigan raketa quroliga ega fregatdir.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar kema qurilishini tasdiqlaydi, bu KXDR armiyasini modernizasiya qilinishi fonida ajablanarli emas.
6 apreldagi yangi sun’iy yo‘ldosh suratlari Shimoliy Koreyaning g‘arbiy sohilida, poytaxt Pxenyandan 60 kilometr uzoqlikda kema qurilganidan dalolat bermoqdi. Bu Kim Chen Inning eng katta harbiy kemasi bo‘lishi mumkin.
Bu haqda 14 aprel kuni Maxar Technologiesdan olingan suratlarga tayanib CNN ma’lum qildi, deb yozadi 24 Kanal. Aynan Rossiya bilan yaqin aloqalar KXDRga BMTning materiallar va texnologiyalardan foydalanishni cheklovchi sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon bergan bo‘lishi mumkin.
Tahlilchilar suratlarda qurol va kemaning boshqa ichki tizimlarining konstruksiyasini payqashdi va bu quruqlikdagi va dengizdagi nishonlarga qarshi foydalanish uchun boshqariladigan raketa quroliga (FFG) ega fregat ekanligini taxmin qilishdi.
FFG taxminan 140 metr (459 fut) uzunlikda bo‘lib, uni Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan eng katta harbiy kemaga aylantiradi, deyiladi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilida.
Taqqoslash uchun, AQShning “Arli Berk” esmineslarining uzunligi taxminan 505 fut, “Konstelleyshn” sinfidagi istiqbolli fregatlarning uzunligi esa 496 fut.
Biroq Shimoliy Koreyada bunday kemasozlikning kuchayishi ajablanarli emas, chunki mamlakatdagi rejim o‘z armiyasini modernizasiya qilmoqda, yangi qurollarni ishlab chiqarmoqda va qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazmoqda.
Bundan tashqari, kema suratlari davlat televideniyesi reportajida 2024 yil oxirida, Kim Chen In qurilishni ko‘zdan kechirganida paydo bo‘lgan.