Namanganda kelinoyisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi

Namanganda kelinoyisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi

Sud Pop tumanida yashovchi fuqaroni o‘ta shafqatsizlik bilan uch nafar qarindoshini, jumladan, ikki nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirishda aybdor deb topdi - ularning har biriga o‘nlab pichoq zarbalari berilgan.

Joriy yilning 7 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida JKning 97-moddasi 2-qismining “a,v,j” bandlari bilan ayblangan M.A.ga oid ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, sudlanuvchi M.A. hayotga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda, ya’ni ikkidan ortiq shaxsni, aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni, o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish jinoyatini quyidagi usul, vaqt va holatlarda sodir etgan.

Jumladan, sudlanuvchi M.A.ning otasi I.A. o‘zining ukasi I.M. bilan avvaldan uy-joy va maishiy nizolar tufayli muntazam janjallashib kelganlar va oqibatda har ikkala oila a’zolarining bir-birlariga nafrati oshib borgan.
Shu bois, I.M. Rossiyaga ishlash uchun ketgan bo‘lishiga qaramasdan, uning oila a’zolari o‘zlari yashab kelayotgan xonadon orqali elektr va gaz tarmog‘iga ulangan M.A. yashab kelayotgan xonadonni, xonadon egalarini ogohlantirmagan holda muntazam gaz va elektr tarmog‘idan o‘zboshimchalik bilan uzib qo‘yib kelganlar.

2024 yil 9 avgust kuni soat 20:00 atrofida o‘zi yashab kelayotgan xonadoniga kelgan M.A. xonadoni amakisi I.M.ning turmush o‘rtog‘i M.R. tomonidan elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilganidan xabar topib, buning uchun o‘ch olish maqsadida M.R. va voyaga yetmagan farzandlarini qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan.
Rejaga ko‘ra, shu kuni o‘zi yashab kelayotgan xonadonda ro‘zg‘or uchun foydalaniladigan pichoqni olib, soat 20:30 atrofida qurollangan holda amakisi I.M.ning xonadoniga kirib, dastlab xonadon hovlisida tomorqa tomoniga harakatlanib ketayotgan, I.M.ning 2011 yilda tug‘ilgan 14 yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan M.M.ni orqasidan yugurib yetib olib, uni ojiz ahvolda ekanligini bila turib, qo‘lidagi pichoq bilan hayot uchun muhim a’zosi bo‘lgan bo‘yin qismiga so‘ngra qorin va ko‘krak qismlariga, o‘ta shafqatsizlik bilan ko‘p marotaba sanchib, kesilgan jami 29 marotaba jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, yashash xonasi eshigidan uni harakatlarini kuzatib turgan, so‘ng jon saqlash uchun qochayotgan M.R.ni qasddan o‘ldirish maqsadida ortidan yotoqxonasiga qadar quvib yetib olib, qo‘lidagi pichoq yordamida M.R.ning hayoti uchun muhim hisoblangan bo‘yin va ko‘krak qismilariga ko‘plab, sanchilgan, kesilgan jami 42 marotaba jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan.
M.A. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, uning bu harakatlaridan qo‘rqib, xonadon oshxonasiga kirib yashirinib olgan M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, qo‘lidagi pichoq yordamida ichkaridan qulflangan oshxona eshigini ochayotganida pichoq singanligi uchun eshikni tepib ochgan va shu xonada stol ustida turgan oshxona pichog‘ini qo‘liga olib, M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida qo‘lidagi pichoq yordamida, o‘ta shafqatsizlik bilan qorin va ko‘krak qismlariga ko‘plab, sanchilgan, kesilgan jami 39 marotaba jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, M.A. jinoyat izlarini yo‘qotish maqsadida M.R.ning “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini va shu xonadon oshxonasidan olgan oshxona pichog‘ini tomorqa tomoniga otib yuborib, o‘zi bilan olib kelgan singan pichoqni cho‘ntagiga solib, hodisa joyidan qochib yashiringan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi M.A. JKning 97-moddasi 2-qismining “a,v,j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan favqulodda jazo chorasi - umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tezkor axborot berdi

19–22 апрел кунлари кутилаётган ёмғирлар сабабли, республиканинг қуйидаги тоғ олди ва тоғли ҳудудларида сел-сув тошқин ҳодисалари юзага келиши мумкин:

"Real"ni vaqtincha kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Карло Анчелотти билан хайрлашган тақдирда вақтинчалик мураббий тайинлаши мумкин.

Kazakh Scout: O‘zbekiston U17 terma jamoasining kamida yarmi Yevropa va Osiyo jamoalariga o‘tishi kerak

Твиттер ижтимоий тармоғида "Kazakh Scout" профилини юритувчи шахс Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси футболчилари ҳақида илиқ фикрлар билдирди.

Abduqodir Husanov nega maydonga tushmayotganligiga oydinlik kiritildi. Asl muammo nimada?

Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов кетма-кет ўйинларда "Манчестер Сити" таркибида майдонга тушмади. Натижада ижтимоий тармоқларда ҳар хил гап сўзлар тарқалди. Таниқли шарҳловчи Даврон Файзиев футболчининг яқинлари билан гаплашиб, вазиятга ойдинлик киритди.

«Barsa» «Real»ga qarshi uchrashuvdan oldin katta yo‘qotishga uchradi

«Барселона» ҳужумчиси Роберт Левандовски Ла Лиганинг сўнгги турида жароҳат олди.

AQSh Ukrainani butunlay tark etmoqda

АҚШ Россияга Украина билан уруш пайтида босиб олган ҳудудларни назорати остида қолдиришни таклиф қилди.

Abduqodir Husanov yana "Manchester Siti" o‘yinini zaxiradan boshlaydi

Тошкент вақти билан 19:00 да АПЛ 33-туридан ўрин олган "Эвертон" - "Манчестер Сити" учрашуви старт олади.

Kilian Mbappe qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе "Арсенал"га қарши кечган (1:2) ўйинда тўпиғидан жароҳат олиб, сафдан чиққан эди.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Manba: «Barselona» Abduqodir Husanovni sotib olishi mumkin

Ўзбекистонлик футболчи Абдуқодир Ҳусанов Каталониянинг «Барселона» клубига ўтиши мумкин.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Бу ҳақда BBC хабар берди.

Istanbuldagi zilzilada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси марҳумнинг жасадини Ватанимизга юбориш бўйича зарур консуллик-ҳуқуқий ва ташкилий чораларни кўрмоқда.

Andijonda xodim bog‘cha direktoridan 400$ olayotganda pora bilan ushlandi

Андижон тумани камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими ходими боғча директоридан 400$ пора олаётганда қўлга тушди.

Trans ayollar ayollar emas - Britaniya Bosh vaziri Starmer

Буюк Британияда гендер ўзига хослиги бўйича қизғин баҳс-мунозаралар давом этмоқда. Яқинда суд эркак туғилган, лекин ўзини аёл деб билган шахс қонуний равишда аёл деб ҳисобланиши мумкин эмаслиги ҳақида қарор чиқарди.

Isroilda o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Бу ҳақда Йнет портал хабар бермоқда.

Al-Shara AQSHNI sanksiyalarni bekor qilishga chaqirmoqda

Бу ҳақда Араб Республикасининг муваққат президенти Аҳмад ал-Шара баёнот берди.

Oq uy Zelenskiyning usullaridan noroziligini bildirmoqda

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Керолин Левитт маълум қилди, унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда “ТАСС” .

Mutaxassis: Turkiyadagi zilzilalarning bir muddat davom etishi kutilmoqda

Бу ҳақда Озарбайжон Миллий фанлар академияси ҳузуридаги Республика сейсмологик хизмат маркази ахборот бўлими бошлиғи маълум қилди.

Zelenskiy Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi

Украина Президенти Владимир Зеленский Киев Москва билан тўғридан-тўғри музокараларни фақат ўт очишни тўхтатиш шарти билан бошлашга тайёрлигини айтди.

Yuqori Chirchiqda tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Тошкент вилояти Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси ва вилоят ИИББ билан ҳамкорликда навбатдаги рейд тадбири ўтказилди.

Rossiyani «ekzotik mamlakatlar»dan kelgan migrantlar bosib ketdi...

Россияни «экзотик мамлакатлар»дан келган мигрантлар босиб кетди, деб ёзди Times телеграм-канали.

Rossiya Bashar Asadni Suriyaga qaytarish bo‘yicha javob berdi

Сурия муваққат президенти Аҳмад аш-Шараа Россия собиқ раҳбар Башар Асадни экстрадиция қилишдан бош тортганини айтди. 2024 йилнинг декабрида у Россиядан сиёсий бошпана олганди.

Siyosatchi: Ukraina 9 mayda Rossiya uchun «sovg‘a» tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin

9 майдаги Ғалаба паради пайтида Москвадаги Қизил майдон Украина Қуролли Кучлари учун «қонуний нишон» ҳисобланади. Бу ҳақда Олий Раданинг собиқ депутати Игор Лапин бошқа собиқ депутат Борислав Березанинг Youtube`даги каналида айтиб ўтди.

Armanistonda qamoqxonalardagi o‘limlar soni ortishda davom etmoqda

Бу ҳақда мамлакат Жиноят-ижроия хизмати хабар берди.

Maykl Jordan barcha davrlarning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

“Репорт” нинг Спортиcо порталига таяниб хабар беришича, америкалик гольфчи Тайгер Вудс иккинчи, португалиялик футболчи Криштиану Роналду учинчи ўринни эгаллаб турибди.

JSST rahbari AQSh moliyalashtirishni qisqartirishi sababli ommaviy ishdan bo‘shatishlarini e’lon qildi

“Репорт” нинг хабар беришича , бу ҳақда ташкилот бош директори Тедрос Адҳаном Гебреесусга таяниб, Agence France-Presse хабар берди.

Shimoliy Amerika asta-sekin yer ostiga cho‘kmoqda

Техас университетининг бир гуруҳ геологлари Nature Geoscience журналида тадқиқот натижаларини эълон қилишди.

Farzandlarga e’tiborli bo‘ling!

Санкт-Петербургда 13 ёшли бола фирибгарларга 10 млн. рубл (яъни $123 минг)дан ортиқ пулни бериб юборди.

Hindistonda to‘rt qavatli binoning qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi yaralandi

Қулаш Ню-Деҳлида кучли шамол ва момақалдироқ билан бирга кучли ёмғир ёғишидан бир неча соат ўтгач содир бўлган.

Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

2022 йил февралида Россиянинг Украинага тўлиқ миқёсли босқини илк кунларидан буён томонлар ўртасида тўғридан тўғри музокаралар бўлмаган.

AQSh Qrimni Rossiya deb tan olishni taklif qiladi – WP

Бу ҳақда The Washington Post бир неча манбаларга таяниб хабар бермоқда.

AQSh Londondagi muzokaralarda Ukraina va Yevropaga Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi — The Washington Post

Газетанинг бир нечта манбаларига таяниб ёзишича, 23 апрел куни Лондонда бўлиб ўтадиган музокараларда Украина ва Европа делегациялари Қўшма Штатларнинг Қримни Россияга тегишли деб тан олиш ва фронт чизиғини ҳозирги ҳолатида музлатиб қўйиш таклифи билан юзлашади.

Ispaniyada Rim papasi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi

Бу ҳақда AFP Испания адлия вазири Феликс Боланос 21 апрель куни телемурожаатида хабар бермоқда.