HAMAS Isroilning jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha navbatdagi taklifini rad etdi

HAMAS Isroilning jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha navbatdagi taklifini rad etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, guruh Isroilning olti haftalik tinchlik taklifini rad etgan. Taklif tirik qolgan isroillik garovlarning yarmini ozod qilish va HAMASni qurolsizlantirish evaziga berilgan edi.
Qohiradagi muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lgan yuqori martabali falastinlik amaldor BBC bilan suhbatda ushbu masala bo‘yicha izoh berib o‘tdi.
"Isroilning taklifi Misr orqali harakat yetkazildi. Unda Isroilning urushni to‘xtatish yoki G‘azo sektoridan chiqib ketish majburiyatisiz HAMASni qurolsizlantirishga chaqirilgan edi. Shu sababli HAMAS ushbu taklifni butunlay rad etdi", – deya ta’kidladi amaldor.
BBC suhbatdoshining fikricha, Isroil urushni to‘xtatmasdan garovdagilarni qaytarish uchun vaqtni cho‘zmoqda. HAMAS bu pozisiyani" qabul qilib bo‘lmaydigan" deb hisoblamoqda.
BBC manbasining ma’lum qilishicha, kelajakdagi har qanday bitim Isroilning urushni to‘xtatish va G‘azo sektorini tark etish majburiyatini o‘z ichiga olishi shart.
Bundan tashqari, HAMAS vakillari dushanba kuni qisqa tashrif bilan Qohirani tark etgani ma’lum bo‘ldi.