Qamashida 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘ldi (VIDEO)

A A A
Qamashida 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘ldi (VIDEO)

Qamashi tumani «Qovchin» mahallasi Mang‘it qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro SH.K 28 avgustdan 29 avgustga o‘tar kechasi qishloqda istiqomat qiluvchi 2009 yilda tug‘ilgan qizni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda «Nasafnews» muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 1993 yilda tug‘ilgan erkak SH.K. qizning o‘z hovlisi supasida uxlab yotgan vaqtda ko‘rpaga o‘rab, paxta dalasiga o‘g‘irlab qochgan.

Voqea haqida qizning onasi shunday deydi:

«Qizimning aytishi bo‘yicha, u erkak qizimni og‘zini yopib, ko‘rpaga o‘rab ko‘tarib ketgan. Qizim qo‘rqib uyg‘onib, ‘kimsan, nima uchun meni og‘zimni yopyapsan’ deganda, ‘agar baqirsang, hozir pichoqlab o‘ldirib tashlayman’ deb qo‘rqitgan. Yo‘lda qizim tipirchilab, qochmoqchi bo‘lgan. Shunda qizimga tarsaki tushirib, sudray boshlagan. Keyin esa ‘echinasan’ deb qizimning boshiga ham urgan»,- deydi qizning onasi S.E.

12 yoshli qiz onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlik qilgan erkak SH. K. shu kuni juda ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo‘lgan. Qizaloq paxta dalasidan qochib, uyiga qaytib kelib, onasini uyg‘otgan va bo‘lgan voqeani onasiga aytib bergan.

«Ertasi kuni qizimni shifokorlarga ko‘rsatdim. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, qizim sog‘lom ekan. Faqat miya chayqalishi va boshi hamda qulog‘idan lat yegani va shikastlangani ma’lum bo‘ldi».

«Ollohimga ming shukur, qizim o‘sha nomardning qo‘lidan qochib qutuldi. Lekin hozirgi ahvoli yaxshi emas. Ikki kundan beri ovqatlangani yo‘q. Non bersak yemaydi, ‘ko‘nglim ayniydi’ deb aytyapti. Uxla desam, faqat yotadi. Uxlay olmaydi»,- deya gapiradi qizning onasi.

«Hamma menga qizingni nomusini o‘ylamadingmi, deb aytdi»

«Hamma menga gapiryapti, ‘qizingizni kelajagini o‘ylang’ deyapti. Men nega yashirib o‘tirishim kerak ekan? Mening erim hali ham har kuni yonimda. Hech qayerga ketgani yo‘q. Ammo boshqalarning turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ishlagani ketgan. Toshkentga ketganlari bor. Oylikka ishlaydi, 15 kunda bir keladigani bor. Ertaga u nomard mendan o‘tib boshqalarning bolalariga ko‘z olaytirmaydimi? Men qanday qilib bu jinoyatni yopib o‘tib ketishim kerak? Men bu holatni oshkor qilishim kerak. O‘zbekistonda shunday odam bor. Bilib qo‘yishsin. Men buni yopolmayman. Jazosini olishi kerak u erkak»,- deydi qizning onasi S.E.

«Nasafnews» muxbiri holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rhbari Iroda Rasulova bilan suhbatlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, S.E.ning 2021 yil 29 avgust kuni tuman IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizasi tuman IIB navbatchilik qismida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

«Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida fuqaro SH.K.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismida va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli, mazkur holat yuzasida Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi moddalar bilan fuqaro SH.K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi SH.K O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda ushbu jinoyat ishi yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda»,- deydi biz bilan suhbatda Iroda Rasulova.

«Nasafnews» holat yuzasidan qizning onasidan videointervyu ham olgan. Videoda voqea haqida aniq va ko‘proq ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirdi

Китобда ёзилишича, Зеленский Моравецкийга Шольц ва Макрон унга мунтазам қўнғироқ қилаётганини айтган.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Айблов тафсилотлари ва тергов жараёни расман ошкор этилмаяпти. Манбаларга кўра, иш “75 мактуб” деб аталган мурожаат билан боғлиқ.

Trampning Tehronni tiz cho‘ktirish rejasi ma’lum bo‘ldi

АҚШ етакчиси Дональд Трамп Эронга нисбатан узоқ муддатли қамал (блокада) ташкил этишни режалаштирмоқда.

Putin Ukrainaning Tuapsega bergan zarbasini "terrorchilik hujumi" deb atadi

Айни пайтда Туапсе расмийлари ҳудудда “минтақавий фавқулодда ҳолат” режимини жорий қилган, шаҳарда сув таъминотида узилишлар юзага келган.

Tashiyev o‘z tarafdorlarini tinchlanishga chaqirdi

Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда