Putinning matbuot kotibi terror bilan bog‘liq savollarga javob berishni istamadi

Putinning matbuot kotibi terror bilan bog‘liq savollarga javob berishni istamadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Peskov "Krokus Siti Xoll"dagi fojia haqida targ‘ibotchilar bilan suhbatlashdi. U tergov siri deya ko‘p savollarga javob bermadi. Masalan, Peskov teraktdagi gumonlanuvchilarning ismlarini aytmadi va fojiaga ISHIDning aloqadorligi haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Shuningdek, u Rossiya xizmatlari mustaqil ishlashini ta’kidladi. "AQSh razvedka ma’lumotlari Kremlga taqdim etilmaydi, lekin u razvedka idorasidan razvedka agentligiga kanallar orqali uzatiladi", deydi u.

Peskov Putin "Krokus Siti Xoll"dagi fojia sodir bo‘lgan joyga borishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, hech qanday ma’lumotga ega emas. "Terror hujumi doimgi ish jadvaliga ta’sir qilmadi", deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!