Putin qachon Belarusda yadro quroli joylashtirilishini ma’lum qildi

Putin qachon Belarusda yadro quroli joylashtirilishini ma’lum qildi

Rossiya yadro qurolini Belarusda joylashtirish 7-8 iyul kunlari boshlanadi. Ungacha zarur inshootlarni tayyorlash jarayoni yakunlanishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan norasmiy uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Hammasi reja bo‘yicha ketmoqda. Bilasizmi, 7—8 iyul kunlari tegishli ob’ektlarni tayyorlash ishlari yakunlanadi va biz zudlik bilan Belarus hududida tegishli qurol turlarini joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni boshlaymiz», dedi Rossiya davlat rahbari.

25 may kuni Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Minskda Rossiyaning strategik bo‘lmagan yadro qurollarini Belarus hududidagi maxsus omborxonada saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzolagan edi.

Xrenin Minsk Rossiya Federasiyasi bilan harbiy sohada strategik ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini aytdi. «Strategik bo‘lmagan yadroviy qurollarni joylashtirish biz uchun do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarning agressiv siyosatiga samarali javobdir», dedi u.

O‘z navbatida, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ta’kidlashicha, Rossiya Belarus hududida strategik bo‘lmagan yadro qurollarini joylashtirsa-da, «ularni nazorat qilish va undan foydalanish qarori Rossiya tomonida qoladi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!