Putin Belarus-Polsha chegarasidagi qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatda G‘arbni aybladi

 Putin Belarus-Polsha chegarasidagi qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatda G‘arbni aybladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrasiya inqirozlari "Evropa davlatlari tomonidan" yaratilgan.

"Muhojirlar inqirozi qayerdan kelib chiqqanini unutmasligimiz kerak. Bu muammolarni sabachisi Belarusmi? Yo‘q, bu G‘arb davlatlarining o‘zlari, Yevropa davlatlari tomonidan yaratilgan sabablar. Ular siyosiy, harbiy va iqtisodiy xususiyatga ega", — dedi prezident.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus chegarasidagi muhojirlar inqiroziga Rossiyaning hech qanday aloqasi yo‘qligini, Rossiya aviakompaniyalari u yerga odamlarni tashimasligini ta’kidladi

Evropadagi muhojirlar inqirozining harbiy va iqtisodiy ikki sababi borligini aytgan Putin, ularni Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlar va Yevropa Ittifoqidagi farovonlikning yuqori darajasi sifatida qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!