Putin 2020 yilgi daromadlari haqidagi deklarasiyani taqdim qildi

Putin 2020 yilgi daromadlari haqidagi deklarasiyani taqdim qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumatning yuqori lavozimli rasmiylari 2020 yilgi daromad deklarasiyasini taqdim qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Ha, deklarasiyalarni topshirdik. Ular o‘z vaqtida nashr etiladi», — dedi Peskov jurnalistlarga. Mamlakatdagi qoidaga ko‘ra, deklarasiyalar topshirilgandan ikki-uch hafta o‘tgach nashr etiladi.

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin barcha deputatlar daromadlari to‘g‘risida hisobot berganini aytdi. «Deklarasiyalar Davlat Dumasining rasmiy veb-saytida 14 ish kunidan kechiktirmay e’lon qilinadi», — deyiladi uning Davlat Dumasi saytidagi bayonotida. Federasiya Kengashi spikeri o‘rinbosari Yuriy Vorobyovning aytishicha, senatorlarning ham barchasi daromad deklarasiyasini topshirgan.

Mehnat vazirligining daromadlar va mol-mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklarasiya qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalariga ko‘ra, prezident, uning ma’muriyati xodimlari, hukumat a’zolari va federal davlat xizmatchilari 1 aprelga qadar o‘z daromadlari to‘g‘risida hisobot berishi kerak edi.

Mintaqaviy va shahar davlat xizmatchilari, Markaziy bank va Pensiya jamg‘armasi xodimlari, byudjetdan tashqari jamg‘armalar xodimlari esa o‘z hisobotlarini 30 apreldan kechiktirmasligi shart.

2019 yilda Putinning daromadi 9,726 million rubl (128 417 dollar)ni tashkil qilgan, bu prezidentning 2018 yildagi daromadidan bir millionga ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!