Pushkinning evarasi vafot etdi

Pushkinning evarasi vafot etdi

Shoir Aleksandr Pushkinning evarasi, professor Galina Usova Michurinskda vafot etdi, deb yozmoqda TASS Michurinsk davlat agrar universitetining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Galkinga asoslanib.

Xabarda aytilishicha, Usova 82 yoshida vafot etgan. Professor bilan xayrlashish marosimi 18 oktyabr kuni Michurinsk shahridagi Bogolyubsk soborida bo‘lib o‘tadi.

Galina Usova - Pushkinning evarasi bo‘lib, 1938 yilda Arxangelskda tug‘ilgan va hozirgi Michurinsk davlat agrar universiteti o‘qigan hamda ishlagan. "Tambov viloyatining qizil kitobi: o‘simliklar, lishaynik, zamburug‘lar" nomli kitob mualliflaridan biri bo‘lgan Usova professor unvoniga va qishloq xo‘jaligi fanlari doktori darajasiga ega.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!